close

Вход

Забыли?

вход по аккаунту

?

пользователь

kh.davron

-----01-20

121 документ

имя документа / категорияописаниезагруженпросмотров

 

21 августа 2016
636
Anvar Obidjon. Gulmat Shoshiyning yovvoyi devoni
Anvar Obidjon. Gulmat Shoshiyning yov...Художественная литератураПоэзия

Muborak 70 yoshini qarshilagan O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon qalamiga mansub bo‘lgan, yaqinda «Sharq» nashriyoti chiqargan «Gulmat Shoshiyning yovvoyi devoni» nomli asarning to‘ldirilgan 5 nashriga kitob do‘konida ko‘zi tushganlar beixtiyor «E, bormisan, Gulmat!» deb yuborishi aniq. Anvar Obidjon 1947 yil 8 yanvarda Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidagi Poloson qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq shoiri (1998). ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1979). Qissa va hikoyalari — «Usta Gulmat g‘azallari» (1974), «Eng yorug‘ kun» (1983), «Akang karag‘ay Gulmat» (1987) va boshqa. «Masxaraboz bola» (1986), «Juda qiziq voqea» (1987), «Yerliklar» (1990), «Alamazon va Gulmat xangomasi» (1992), «Ajoyibxona» (1993, she’riy taqvim), «Tanlangan she’rlar» (2006), «O‘g‘irlangan pahlavon» (2006), «Bahromning hikoyasi» (2007) kabi doston, qissalar, she’rlar, pyesalar va hajviy asarlardan iborat to‘plamlar muallifi. «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan (1997). 

06 ноября 2017
619
Antuan de Sent-Ekzyuperi. Kichkina shahzoda. Qissa
Antuan de Sent-Ekzyuperi. Kichkina sh...Художественная литератураКлассика

Antuan 1900 yilda Fransiyaning Lion shahrida, qadimiy aristokrat oilasida dunyoga kelgan. U yoshlik chog‘larida juda sho‘x, o‘ta qiziquvchan bo‘lib, o‘choqdagi yonib turgan olovga qarab soatlab xayol surishni sevgan. Tonio (ota-onasi uni shunday atashgan) 10 yoshida Man shahrida kollejda, keyin Shveytsariyada va Parijda o‘qigan. 12 yoshida mashhur fransuz uchuvchisining samolyotida osmonga chiqib, uchuvchi bo‘lishni orzu qiladi. 1919 yilda Antuan Parijdagi San’at maktabining arxitektura bo‘limiga o‘qishga kirib, ikki yildan so‘ng, 1921 yilda armiya safiga chaqiriladi (bu vaqtda birinchi jahon urushi bormoqda edi). 1926 yilda Antuan de Sent-Ekzyuperi «Latekaer» aviakompaniyasiga ishga qabul qilinadi. U ikkinchi jahon urushi yillarida 1944 yil 31 iyunda bazaga qaytib kelmaydi. Uning qachon va qaerda halok bo‘lganligi so‘nggi kunlargacha sir bo‘lib keldi. 2004 yilning bahorida Atlantika okeanining Ispaniya qirg‘oqlariga yaqin joyda «Layting - 38»ning ayrim parchalari topildi. Demak, samolyot Sardiniyadagi harbiy havo bazasiga qaytishda urib tushirilgan yoki halokatga uchragan ekan. Uchuvchi yozuvchidan «Janubiy pochtachi» (1928), «Kichkina shahzoda» (1942), «Tungi uchish» (1931), «Bashar sayyorasi» (1939), «Harbiy uchuvchi» (1942) va tugallanmay qolgan «Qal’a» kabi asarlar qolgan. 

15 мая 2016
590
Maryam aya Yoqubova - Xotiralar
Maryam aya Yoqubova - XotiralarХудожественная литератураКлассика

Men Odil akamning «Tengdoshlar» qissasini «Tong yulduzi» (o'sha paytdagi «Lenin uchquni») gazetasida o'qib chiqqanman. Asar gazetaning 1951 yili yoz davomidagi qator sonlarida bosilib chiqqan edi. Qissadagi qiziqarli voqealar, qahramonlarning taqdiri meni o'ziga shu qadar mahkam bog'lab olganligidan gazetaning har bir sonini sabrsizlik bilan kutardim. 1952 yil yozgi ta'tilda onam bilan Qarnoq qishlog'iga qarindoshlarimizni ko'rgani bordik. O'zimiz Toshkent shahrida istiqomat qilsak ham, ota-bobolarimiz yurti – Turkiston safari biz uchun juda katta quvonch tug'dirar, bunday safarlar qalbimizda unutilmas esdaliklar qoldirardi. Qarnoqqa borgan kunimoq mening kitobga oshno ekanligimni yaxshi bilgan amakimning qizi – dugonam Karomat savolga tutdi: – «Tengdoshlar»ni o'qigandirsan? Judayam zo'r asar! – Ha, gazetada chiqqanini o'qidim, asar menga ham yoqdi, – dedim Karomatning savoliga javoban. – Shu asarni yozgan yozuvchi o'zimizning qarnoqlik– Odil aka Yoqubov. Men uning jiyani bilan o'qiyman, – dedi. Karomatning so'zidan keyin sevimli asarim – «Tengdoshlar»ning muallifi bilan ich-ichimdan tanishish istagi tug'ildi.  

26 августа 2016
568
Мавлоно Румӣ. Маснавӣ. Дафтари   3
Мавлоно Румӣ. Маснавӣ. Дафтари 3Художественная литератураКлассика

Мавлоно Ҷалолиддини Балхӣ (Румӣ) тахминан соли 1207 дар Балх ба дунё омадааст. Маълумоти ибтидоиро дар зодгоҳаш гирифтааст. Номаш Аҳмад Ҷалолиддин тахаллусаш бо Мавлавӣ машҳур аст. Падараш аз олимони Балх буд. Дар ибтидои ҳуҷуми муғулҳо аз Балх ба Вахшу Самарқанд ва Нишопур сафар кардааст. Баъдан оилаи онҳо аз Нишопур ба Ҳиҷоз мекӯчанд. Соли 1232 дар Куния, назди Сайид Бурҳонуддин Муҳаққиқи Тирмизӣ илми тасаввуфро азхуд мекунад. Мавлоно Балхӣ соли 1273 дар Кунияи Рум вафот кардааст. Бузургтарин асари у "Маснавии Мавлавӣ", ки соли 1259 ба навиштан ин асар сар кардааст ва зиёда аз 10-сол ба эҷоди ин асар машғул гаштааст. Мавзӯи асосии ин асар масъалаҳои тасаввуф мебошад. Аз шоир ба мо 50-ҳазор байт, 1600 рубоӣ боқӣ мондааст. 

19 июля 2016
566

IMOMI A'ZAM, Abu Hanifa No''mon ibn Sobit al-Ko'fiy (699, Ko'fa— 767, Bag'dod) — hanafiylik mazhabi asoschisi. Ilohiyotchi, faqih, muhaddis.«Abu Hanifa» uning kunyasi, «Imomi A'zam» («Ulug' imom») ulug'ligining e'tirofi o'laroq berilgan unvon. Asli fors bo'lib, o'ziga to'q, zodagon oiladan. Olim va fozil insonlar orasida voyaga yetdi. Otasidan qolgan katta boylikni ilm yo'lida sarf etdi. Yoshlikdan Qur'onni yod oldi. Kalom ilmi va mantiqni o'rgandi. 22 yoshida iroqlik ilohiyotchi Hammod ibn Abu Sulaymonga shogird tushib uning ta'limini oldi. Keyin Kufa va Basraning eng obro'li faqihi bo'lib yetishdi va o'zi shogirdlar tarbiyaladi. Kamtar, mehribon, taqvodor inson sifatida hurmat qozondi. Uning 55 marta haj qilganligi haqida rivoyat bor. Imomi A'zam 747—48 yillarda Iroq hokimi ibn Hubayra ta'qibidan qochib Makkaga ketadi. Abbosiylar hokimiyat tepasiga kelgach, Iroqqa qaytib, ulamolik faoliyatini davom ettiradi. Xalifa al-Mansur (754—775) unga yangi poytaxt Bag'dodda qozilik yoki boshqa istagan yuksak lavozimini egallashni taklif qiladi. Biroq Imomi A'zam bu taklifni rad etadi. Shunda Mansur uni qamab turli qiynoqlarga solgan, kaltaklatgan. Mansur Imomi A'zamga zahar ichirgan va u zot shu sababdan shahid bo'lgan, degan rivoyat ham bor. Imomi A'zam islom ulamolari orasida eng yetuk olimlardan edi. U odamlarga qulay, toliblarga yengil bo'ladigan yo'lni topishga muvaffaq bo'ldi: shar'iy ilmni birinchi bo'lib tasnif qilib, uni boblarga ajratib, tartibga soldi va kitob shakliga keltirdi. Imomi A'zamning ilmi kalom, fiqx, hadis, sarf ilmlariga oid bir necha kitoblari mavjud: «Kitob as-salot» («Namoz ahkomlari kitobi»), «Kitob al-manosik» («Haj kitobi»), «Kitob ash-shurut» («Shartnomalar haqida kitob»), «Kitob al-faroiz» («Meros ilmi haqida kitob»), «Kitob al-olim val-mutaallim» («Ustoz va shogird haqida kitob»), «Kitob al-fiqx al-akbar» («Katta fiqh kitobi»), «Kitobi al-vasiya» («Vasiyatnoma kitobi») va boshqalar. Imomi A'zamning bulardan tashqari hadis sohasida ham asarlari mavjuddir. Imomi A'zam faqihlarning ustozi. O'rta asr faqihi Abul Muayyad Muhammad ibn Mahmud Xorazmiy Imomi A'zam musnadlarini jam qilib, kitob shakliga keltirgan, u 1326 hijriy (mil. 1907/08) yilda Misrda chop etilgan. 

09 июня 2016
553