close

Вход

Забыли?

вход по аккаунту

?

пользователь

kh.davron

-----01-20

121 документ

имя документа / категорияописаниезагруженпросмотров
Abdurauf  Fitrat. Oila
Abdurauf Fitrat. OilaГуманитарная литератураФилософия

Fitrat O'rta Osiyo jadidchilik harakatining mashhur vakillaridan, yangi o'zbek adabiyotining asoschilaridan, usuli jadid maktablarining nazariyotchisi va amaliyotchisi, dramaturg, nosir, shoir va olim. U madaniyatimiz tarixida shoir va nosir, dramaturg va publitsist, tilshunos va adabiyotshunos, tarixchi va faylasuf, san'atshunos va jamoat arbobi sifatida qolgan. 1996 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko'ra Navoiy mukofoti va Mustaqillik ordeni bilan taqdirlandi. Abdurauf Abdurahmon o'g'li Fitrat 1886 yil Buxoroda ziyoli oilada tug'ilgan. Buxoro, Istambul madrasalari va dorilfununlarida o'qigan. Fitrat arab, fors, turk tillarini mukammal bilganligi tufayli Sharqning buyuk allomalari ijodini yaxshi o'zlashtirgan. Fitrat, ayni paytda, davlat va jamoat arbobi sifatida ham faol xizmat qilgan. Jumladan, 1921-1923 yillarda Buxoro Xalq Jumhuriyatida maorif xalq noziri bo'lib xizmat qilgan. 1923-1924 yillarda esa frunzechilar tomonidan quvg'in qilingan shoir Moskvadagi Sharq tillari institutida ilmiy faoliyat bilan shug'ullangan, ma'ruzalar o'qigan. Fitratning o'zbek tili grammatikasiga oid darsliklari 1925-1930 yillarda besh marta chop etilgan. Tilshunoslik va adabiyotshunoslik bo'yicha olib borgan tadqiqotlari uchun Fitratga o'zbek olimlari orasida birinchilardan bo'lib professor unvoni berilgan. Fitrat ham mustabid tuzum tazyiqi ostida 1937 yilda hibsga olinib, 1938 yil 4 oktyabrda Abdulla Qodiriy, Cho'lpon singari yozuvchilar bilan birga otib tashlangan. Fitrat garchi 60-yillarda oqlangan bo'lsa ham, faqat istiqlol davriga kelib ro'shnolik yuzini ko'rdi. Bu davrga kelib uning «Chin sevish» to'plami nashr etildi. Shuningdek, so'nggi yillarda uning ko'p jildlik «Tanlangan asarlar»i chop etilmoqda. Eng muhimi, fitratshunoslik ilmi avj olib, o'nlab dissertatsiyalar, yuzlab ilmiy maqola va risolalar yaratildi.  

09 мая 2016
495
Мавлоно Румӣ. Маснавӣ. Дафтари  6
Мавлоно Румӣ. Маснавӣ. Дафтари 6Художественная литератураКлассика

Мавлоно Ҷалолиддини Балхӣ (Румӣ) тахминан соли 1207 дар Балх ба дунё омадааст. Маълумоти ибтидоиро дар зодгоҳаш гирифтааст. Номаш Аҳмад Ҷалолиддин тахаллусаш бо Мавлавӣ машҳур аст. Падараш аз олимони Балх буд. Дар ибтидои ҳуҷуми муғулҳо аз Балх ба Вахшу Самарқанд ва Нишопур сафар кардааст. Баъдан оилаи онҳо аз Нишопур ба Ҳиҷоз мекӯчанд. Соли 1232 дар Куния, назди Сайид Бурҳонуддин Муҳаққиқи Тирмизӣ илми тасаввуфро азхуд мекунад. Мавлоно Балхӣ соли 1273 дар Кунияи Рум вафот кардааст. Бузургтарин асари у "Маснавии Мавлавӣ", ки соли 1259 ба навиштан ин асар сар кардааст ва зиёда аз 10-сол ба эҷоди ин асар машғул гаштааст. Мавзӯи асосии ин асар масъалаҳои тасаввуф мебошад. Аз шоир ба мо 50-ҳазор байт, 1600 рубоӣ боқӣ мондааст. 

19 июля 2016
473
Uilyam Shekspir. Romeo va Julietta. Tragediya - Xurshid Davron kutubxonasi
Uilyam Shekspir. Romeo va Julietta. T...Художественная литература

Uilyam Shekspir — ingliz dramaturgi va Uyg‘onish davrining shoiri, qirol truppasi aktyori. “Venera va Adonis” (1593, mifologik syujet), “Lukresiya” (1594, Rim tarixi) kabi jami 4 ta doston, 154 ta sonet va 37 ta pyesani o‘z ichiga olgan “Shekspir kanoni” muallifi. Shekspir teatr san’ati rivojiga ulkan ta’sir ko‘rsatgan. Uning tragediyalari jahon adabiyoti durdonalari safidan o‘rin olgan. Shekspir asarlari bugungi kunda ham dunyo sahnasidan tushmay kelayotir. Shuncha samarali mehnati va shon-shuhratiga qaramay, Uilyam Shekspir hech qanday mukofot olmagan, diplom bilan ham taqdirlanmagan... 

02 января 2017
465
Gyote. Faust. Erkin Vohidov tarjimasi. Ibrohim G'afurov. Son'ngso'z o'rnida
Gyote. Faust. Erkin Vohidov tarjimasi...Художественная литератураРецензии

Yohann Volfgang Gyote (1749.28.8, Frankfurtmayn — 1832.22.3, Veymar) — nemis yozuvchisi va mutafakkiri. Yangi davr nemis adabiyotining asoschisi. Ijodi 18-asrning 70—80-yillari Germaniyada mavjud bo'lgan «Bo'ron va hujum» adabiy harakatida ishtirok etishdan boshlangan. Shu davrda Gyote «Gets fon Berlixingen» (1773), «Prometey» (1773) kabi dramalar va lirik she'rlar yaratdi. Gyote adabiy faoliyatining ilk davriga mansub «Yosh Verterning iztiroblari» (1774) romani o'sha davr nemis adabiyotida katta voqea bo'ldi. Asarda ilg'or nemis yoshlar avlodining ijtimoiy fojiasi o'z aksini topgan. 1786—88 yillarda Gyote Italiyaga safar qiladi. Shu davrda u «Ifigeniya Tavridda» (1779— 81), «Egmont» (1788), «Torkvato Tasso» (1780—89) kabi dramalar yozadi. «She'riyat va haqiqat» avtobiografik kitobi (1811—33), «Vil`xel`m Maysterning o'qish yillari» (1793—96), «Vil`xel`m Maysterning darbadarlik yillari» (1821—29) romanlarida inson bilan jamiyat o'rtasidagi munosabat masalasi aks etgan. Gyote Sharq mamlakatlari tarixi, madaniyati, adabiyotini chuqur o'rganadi, Firdavsiy, Farididdin Attor, Rumiy, Nizomiy, Sa'diy, Hofiz, Jomiy kabi shoirlar ijodi bilan tanishadi. Bu paytda Ibn Sino, Ulug'bek, Alisher Navoiy ijodlaridan namunalar nemis tiliga tarjima qilingan edi. Gyote «Mag'ribu mashriq devoni»ni (1814—19) Sharq she'riyatidan ilhomlanib yozgan. Devon «Mug'anniynoma», «Hofiznoma», «Ishqnoma», «Tafriqnoma», «Ranjnoma», «Hikmatnoma», «Zulayxonoma», «Temurnoma», «Soqiynoma», «Matalnoma», «Forsiynoma», «Xuldnoma» kabi 12 bo'limdan iborat. Devonda «bulbul», «hur», «fatvo», «mug'anniy», «mufti», «tilsim», «mirzo», «darvesh» kabi so'zlarni asliyatda qo'llaydi. Gyotening «Faust» fojiasi (1768—1832) jahon adabiyotidagi shoh asarlardan hisoblanadi. Bu asar Gyotening butun ijodiy faoliyati davomidagi izlanishlarining samarasi bo'ldi. Gyote falsafa, huquqshunoslik, botanika, geologiya, geodeziya sohalariga oid asarlar ham yaratgan.  

06 августа 2016
462
Muhammad Yusuf. Ikki kitob:  Saylanma & Uyqudagi qiz
Muhammad Yusuf. Ikki kitob: Saylanma...Художественная литератураПоэзия

Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyati Marhamat tumanining Qovunchi qishlog'ida dehqon oilasida dunyoga keldi. O'rta maktabdan so'ng Rus tili va adabiyoti institutiga kirib, uni 1978 yili tamomladi. 1978-1980 yillarda respublika Kitobsevarlar jamiyatida, 1980-1986 yillarda “Toshkent oqshomi” gazetasida, 1986-1992 yillarda G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotida, “O'zbekiston ovozi” gazetasida ishladi. Umrining so'nggi yillarida O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi vazifasini bajardi. U o'nga yaqin she'riy to'plamlar, ko'plab qo'shiqlarning muallifi sifatida keng kitobxonlar qalbiga kirib ulgurdi. Shoirning dastlabki she'rlari “O'zbekiston adabiyoti va san'ati” gazetasida 1976 yili e'lon qilindi. So'ngra “Tanish teraklar” (1985), “Bulbulga bir gapim bor” (1987), “Iltijo” (1988), “Uyqudagi qiz” (1989), “Halima enam allalari” (1989), “Ishq kemasi” (1990), “Ko'nglimda bir yor” (1991), “Bevafo ko'p ekan” (1991), “Erka kiyik” (1992), “Yolg'onchi yor” (1994) kabi she'riy to'plamlari, saylanmalari nashr etildi.1989 yilda esa “Uyqudagi qiz” nomli she'riy to'plami uchun unga respublika Yoshlar tashkilotining mukofoti berildi. 1998 yili Muhammad Yusufga “O'zbekiston xalq shoiri” degan yuksak unvon berildi. Shoir 2001 yilning 1 avgust kuni 47 yoshida olamdan o'tdi. 

13 июля 2016
427
Михаил Булгаков. Уста ва Маргарита. Роман
Михаил Булгаков. Уста ва Маргарита. Р...Художественная литератураКлассика

Mixail Afanasevich Bulgakov (1891.3(15). 5, Kiev - 1940.10.3, Moskva) — rus yozuvchisi. Kiev universitetining tibbiyot fakultetini tamomlagan (1916). Ilk to‘plami «Iblisnoma»da (1925) jamlangan hajviyoti o‘sha davr matbuotida katta shov-shuvga sabab bo‘ladi. «Oq gvardiya» (1925— 27) tugallanmagan romani mavzui asosida «Turbinlar kuni» pesasini yozadi (1926 yilda sahnalashtirilgan). Bu asarlarida «Qochish» (1926-28; 1957 yilda sahnalashtirilgan) pesasidagi kabi eski rus ziyolilari kayfiyatidagi keskin o‘zgarish, «oqlar» harakati g‘oyasi, muhojirlik yo‘lining samarasizligi aks etgan. «Zoykaning uyi» (1926 yilda sahnalashtirilgan), «Baxmal orol» (1928 yilda sahnalashtirilgan) komediyalarida Bulgakov yangi iqtisodiy siyosat tarafdorlarining turmush va axloqini mazax qiladi, biqiq teatr muhitidagi urf-odatlar ustidan kuladi. 20-yillar oxirida rus adabiy tanqidi Bulgakov ijodini salbiy baholaydi, uning asarlari nashr etilmaydi, pesalari teatr sahnalaridan olib tashlanadi. 30-yillar boshlaridan Bulgakov teatrda rejissyor yordamchisi bo‘lib ishlaydi, Gogolning «O‘lik jonlar» (1932) asarini sahnalashtiradi. «Janob de Moler hayoti» biografik povestida (1932—33 yillarda yozilib, 1962 yilda nashr etilgan) Bulgakov haqiqiy san’at bilan mustabid tuzum bir-biriga zidligini tasvirlaydi. 30-yillardan umrining oxirigacha Bulgakov «Usta va Margarita» romani ustida ishlaydi (1966— 67 yillarda nashr etilgan). «Ityurak» asari (1987) asosida kinofilm yaratilgan. «Usta va Margarita» Qodir Mirmuhamedov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan (1987).  

15 мая 2016
374