close

Вход

Забыли?

вход по аккаунту

?

пользователь

kh.davron

-----01-20

121 документ

имя документа / категорияописаниезагруженпросмотров
Onore de Balzak. Gorio ota. Roman
Onore de Balzak. Gorio ota. RomanХудожественная литератураКлассика

Buyuk fransuz yozuvchisi Onore de Balzak ijodi Yevropa tanqidiy realizmi adabiyotining yuqori cho‘qqisi hisoblanadi. Adib qalamiga mansub “Inson komediyasi” epopiyasi u yashagan davr burjua tuzumi va jamiyati tarixini o‘zida haqqoniy mujassamlashtirgan qomusiy asardir. Onore de Balzak 1799 yilning 20 mayida Fransiyaning Tur shahrida mansabdor shaxs oilasida tavallud topdi. Yosh Bal’zak o‘rta ma’lumotni Parij pansion (yopiq tipdagi maktab-internat – M.X.)ida olgach, ota-onasining xohishi bilan huquq maktabiga o‘qishga kiradi. Ayni paytda, Sarbonna universitetiga qatnab, adabiyotdan ma’ruzalar tinglaydi, bor talant va iqtidorini badiiy ijodga baxshida etadi.  

07 мая 2016
304
Gyote. Faust (tragediya). 1-qism
Gyote. Faust (tragediya). 1-qismХудожественная литератураКлассика

Yohann Volfgang Gyote (1749.28.8, Frankfurtmayn — 1832.22.3, Veymar) — nemis yozuvchisi va mutafakkiri. Yangi davr nemis adabiyotining asoschisi. Ijodi 18-asrning 70—80-yillari Germaniyada mavjud bo'lgan «Bo'ron va hujum» adabiy harakatida ishtirok etishdan boshlangan. Shu davrda Gyote «Gets fon Berlixingen» (1773), «Prometey» (1773) kabi dramalar va lirik she'rlar yaratdi. Gyote adabiy faoliyatining ilk davriga mansub «Yosh Verterning iztiroblari» (1774) romani o'sha davr nemis adabiyotida katta voqea bo'ldi. Asarda ilg'or nemis yoshlar avlodining ijtimoiy fojiasi o'z aksini topgan. 1786—88 yillarda Gyote Italiyaga safar qiladi. Shu davrda u «Ifigeniya Tavridda» (1779— 81), «Egmont» (1788), «Torkvato Tasso» (1780—89) kabi dramalar yozadi. «She'riyat va haqiqat» avtobiografik kitobi (1811—33), «Vil`xel`m Maysterning o'qish yillari» (1793—96), «Vil`xel`m Maysterning darbadarlik yillari» (1821—29) romanlarida inson bilan jamiyat o'rtasidagi munosabat masalasi aks etgan. Gyote Sharq mamlakatlari tarixi, madaniyati, adabiyotini chuqur o'rganadi, Firdavsiy, Farididdin Attor, Rumiy, Nizomiy, Sa'diy, Hofiz, Jomiy kabi shoirlar ijodi bilan tanishadi. Bu paytda Ibn Sino, Ulug'bek, Alisher Navoiy ijodlaridan namunalar nemis tiliga tarjima qilingan edi. Gyote «Mag'ribu mashriq devoni»ni (1814—19) Sharq she'riyatidan ilhomlanib yozgan. Devon «Mug'anniynoma», «Hofiznoma», «Ishqnoma», «Tafriqnoma», «Ranjnoma», «Hikmatnoma», «Zulayxonoma», «Temurnoma», «Soqiynoma», «Matalnoma», «Forsiynoma», «Xuldnoma» kabi 12 bo'limdan iborat. Devonda «bulbul», «hur», «fatvo», «mug'anniy», «mufti», «tilsim», «mirzo», «darvesh» kabi so'zlarni asliyatda qo'llaydi. Gyotening «Faust» fojiasi (1768—1832) jahon adabiyotidagi shoh asarlardan hisoblanadi. Bu asar Gyotening butun ijodiy faoliyati davomidagi izlanishlarining samarasi bo'ldi. Gyote falsafa, huquqshunoslik, botanika, geologiya, geodeziya sohalariga oid asarlar ham yaratgan. 

06 августа 2016
286
Habibulla Qodiriy. Otam haqida
Habibulla Qodiriy. Otam haqidaХудожественная литература

Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi o'z davrining ulug' bir epopeyasi bo'lsa, Habibulla Qodiriy batamom shu epopeyaning ichida, uning butun zalvori, mas'uliyatini yelkasida ko'tarib, azamat Alpomish kabi yashardi.</em></span></p> <p style="text-align: justify;"><span style="color: #000000;"><em>U Abdulla Qodiriy hayotining har yer, har tomonda sochilib, ko'milib, yo'q bo'lib ketish xavfi ostida yotgan qimmatli javohirlarni yig'di, ularni o'zi guvoh bo'lgan, o'zi kuzatgan hodisalar bilan qiyosladi, tahlil qildi, xuddi izlanuvchi olimlarday katta miqyosda tadqiqot ishlarini olib bordi. Juda katta yozuvchi kabi ularni tasnifladi va ijodiy, ijtimoiy va madaniy tizimga aylantirdi. U Abdulla Qodiriyga munosib farzand, uning muxtor vakili, yangi zamonlardagi muxtor elchisi kabi faoliyat olib bordi. U Qodiriyni qanchalar teran bilishini, teran tushunishini ko'rsatdi. Uning kitobi yozuvchini xalqqa yanada yaqinroq, yanada sevimliroq, yanada viqorliroq qilib qo'ydi. U zamon ziddiyatlari va fojialariga to'la o'lmas asar yaratdi. Uni L.N. Tolstoy, F.M. Dostoevskiy yaqinlari zamonlarga qoldirgan xotira asarlari bilan tenglashtirish mumkin. 

01 апреля 2016
284
Gyote. G'arbu Sharq devoni
Gyote. G'arbu Sharq devoniХудожественная литератураКлассика

Gyote Sharq adabiyoti, madaniyati, falsafasi, jumladan, Qur'oni karim va Hadisi sharifni chuqur o'rganib, o'zlashtirib o'z «Devon»ini (1814- 1820) yaratdi. Bu «Devon» Sharqu G'arb adabiyotining sintezi (I. Braginskiy), Mag'ribning Mashriqqa salomi (Hayne), olmon mutafakkirining Sharqqa bo'lgan ulkan ehtiromi, ixlosi nishonasidir. 

05 августа 2016
266
Abdulla Qodiriy. O'tkan kunlar. Roman.  Kiril harfida
Abdulla Qodiriy. O'tkan kunlar. Roman...Художественная литератураКлассика

YOZG'UVCHIDAN Modomiki, biz yangi davrga oyoq qo'ydiq, bas biz har bir yo'sunda ham shu yangi davrning yangiliklari ketidan ergashamiz va shunga o'xshash dostonchiliq, ro'monchiliq va hikoyachiliklarda ham yangarishg'a , halqimizni shu zamonning "Tohir-Zuhra"lari, "Chor daveshlari", "Farhod-Shirin" va "Bahromgo'r"lari bilan tanishdirishka o'zimizda majburiyat his etamiz. Yozmoqqa niyatlanganim ushbu- "O'tkan kunlar", yangi zamon ro'monchilig'i bilan tanishish yo'lida kichkina bir tajriba, yana to'grisi bir havasdir. Ma'lumki, har bir ishning ham yangi-ibtidoiy davrida talay kamchiliklar bilan maydong'a chiqishi, ahllarining etishmaklari ila sekin -sekin tuzalib , takomulga yuz tutishi tabi'iy bir holdir. Mana shuning daldasida havasimda jasorat etdim, havaskorlik orqasida kechaturgan qusur va xatolardan cho'cib turmadim. Moziyg'a qaytib ish ko'rish xayrlik, deydilar. Shunga ko'ra mavzu'ni moziydan, yaqin o'tkan kunlardan, tariximizning eng kirlik, qora kunlari bo'lg'an keyingi "xon zamonlari"dan belguladim. Abdulla Qodiriy (Julqunboy) 

21 августа 2016
264
Uilyam Shekspir. Hamlet. Tragediya
Uilyam Shekspir. Hamlet. TragediyaХудожественная литератураКлассика

Uilyam Shekspir — ingliz dramaturgi va Uyg‘onish davrining shoiri, qirol truppasi aktyori. “Venera va Adonis” (1593, mifologik syujet), “Lukresiya” (1594, Rim tarixi) kabi jami 4 ta doston, 154 ta sonet va 37 ta pyesani o‘z ichiga olgan “Shekspir kanoni” muallifi. Shekspir teatr san’ati rivojiga ulkan ta’sir ko‘rsatgan. Uning tragediyalari jahon adabiyoti durdonalari safidan o‘rin olgan. Shekspir asarlari bugungi kunda ham dunyo sahnasidan tushmay kelayotir. Shuncha samarali mehnati va shon-shuhratiga qaramay, Uilyam Shekspir hech qanday mukofot olmagan, diplom bilan ham taqdirlanmagan... 

02 января 2017
260