close

Вход

Забыли?

вход по аккаунту

?

пользователь

kh.davron

-----01-20

121 документ

имя документа / категорияописаниезагруженпросмотров
Hafiza Egamberdiyeva. Bir do'mbira qissasi - Xurshid Davron kutubxonasi
Hafiza Egamberdiyeva. Bir do'mbira qi...Художественная литература

Hafiza Egamberdiyeva asarlari orasida “Bir doʻmbira qismati” qissasining alohida oʻrni bor. Adiba bilan telefon orqali gaplashganimizda u qissaga asos qilib Chiroqchilik Oʻzbekiston Xalq baxshisi Shomurod baxshi Togʻayevning qatagʻon yillaridagi boshidan kechirgan koʻrgiliklari olinganini aytdi. Demak , asar xalqimiz boshiga tushgan mudhish yillarni yana bir bora yodimizga solishi shubhasiz. Keling, yaxshisi asarni mutolaa qilib koʻraylik... 

04 января 2019
156
Eshqobil Shukur. O'zligim - O'zbekligim
Eshqobil Shukur. O'zligim - O'zbekligimГуманитарная литератураФилософия

Eshqobil Shukur 1962 yil Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanidagi Boymoqli qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning filologiya fakultetini bitirgan (1984). Ilk she’rlar to‘plami — «Yurakni o‘rganish» (1984). Shundan so‘ng uning «Sochlari sumbul-sumbul» (1988), «Tungi gullar» (1989), «Yashil qushlar» (1995), «Hamal ayvoni» (2003) she’riy kitoblari va 2005 yilda «Ko‘hna bog‘ rivoyatlari» nasriy kitobi nashr etilgan. «Naqshband», «Ibtido xatosi» kabi dostonlari, «Nasoyim ul-muhabbatga sayr» turkumi, shuningdek, «Oqibat oqshomi», «Dunyoning ko‘chishi» kabi qissalari ham bor. 

23 января 2018
39
Elmurod Zokirov. Turkiston Muxtoriyatini ag'darish chog'ida sovetlarning yerli xalqqa nisbatan qo'llagan qatag'on siyosati
Elmurod Zokirov. Turkiston Muxtoriyat...Гуманитарная литератураИстория

Turkiston muxtoriyati tarixi masalalariga oid mustaqillik davri tadqiqotlari tahlili shuni ko‘rsatadiki ushbu tadqiqotlarda Turkiston muxtoriyati xalqimizning asriy orzu niyatlari zaminida vujudga kelgan xarakat tashkilotchilari esa o‘z Vatanini rivojlangan, mustaqil davlatlar qatoriga olib chiqishga intilgan, o‘z davrining ilg‘or taraqqiyparvar kishilari ekanligi, ularning maqsadi o‘lka aholisiga demokratik huquq va erkinliklar berilgan dastlabki mustaqil demokratik davlatni vujudga keltirish bo‘lgan degan g‘oya to‘liq ochib berildi. Biroq Turkiston muxtoriyati barcha rahbar va qatnashchilarining hayoti va faoliyati, muxtoriyatning tugatilishi va tugatilgandan keyingi davrlarda sovet hokimiyatining muxtoriyat qatnashchilariga va xalqqa nisbatan qo‘llagan ommaviy qatag‘onlari alohida tadqiqot obyekti sifatida tadqiq etilmadi. 

04 декабря 2017
93
Abdunabi Boyqo'ziyev. So'zim mening, o'zim mening (Kirill va Lotincha)
Abdunabi Boyqo'ziyev. So'zim mening, ...Гуманитарная литератураЛингвистика

TILIM, ONAMNING TILI... Dunyoda qancha ko‘p odam foydalansa, shuncha ko‘payadigan yagona boylik bor. Bu – tildir. (O‘zbek tilining “Qizil kitobi”ga) Ba’zan tilimiz kambag‘allashib ketdi, degan gap quloqqa chalinib qoladi. Nahotki, xalqni xalq, millatni millat qilib turgan ona tilimizdan putur ketayotgan bo‘lsa! Til – millatning qalbi, degan edi Jan Jak Russo. Demak, tilning qashshoqlashishi millat ma’naviyati nochorlashayotganidan darakdir. Yo‘qlikka yuz tutgan tillar, xalqlar, elatlar kammi tarixda! Olimlar har o‘n to‘rt kunda bitta sheva unutilayotganidan bong urishyapti. Darhaqiqat, keyingi paytlarda, Andijonga borsam, uzog‘i bilan qirq-ellik yil nari-berisida qishlog‘imiz ahli labzida bo‘lgan talay so‘z va iboralar bugun iste’moldan tushib, qator urf odatlar, o‘yinlarimiz taomildan chiqib, ajoyib aytimlarimiz unutilayotganini seza boshladim! Bu xotiraning susayishi emas, yana o‘sha, ma’naviyatning nurashi bilan bog‘liq hodisa, degim keladi. To‘g‘ri, quyida biz izoh bergan so‘zlarning barchasini ham unutildi, deb ayta olmasmiz. Chunki ularning ko‘pi hali iste’molda. Ammo ular yana yigirma-o‘ttiz yildan keyin ham shunday bo‘lib qolarmikin? Gap, shunda!.. Balki unutilgan ayrim so‘z, ayniqsa, bid’at irim-sirimlar uchun qayg‘urishning xojati yo‘qdir. Ehtimol, ularning unut bo‘lgani maqbuldir. Biroq ana shu so‘z va irim-sirimlar o‘tmishning qaysidir davrida xalqimiz turmush tarzi, madaniyati, ma’naviyatini belgilagan omillar bo‘lganligini unutmasligimiz kerak. Shu ma’noda, ularni xotirdan sidirib tashlashga haqqimiz yo‘q! Nurash ko‘lami biz ulg‘aygan o‘ttiz-qirq xonadonli Teshikmozor qishlog‘ida shuncha bo‘lsa, uni mamlakat miqyosiga chaqsak salmoqligina kitob bo‘lar ekan, deb qo‘yaman. Aslida, tafakkurimizning til va ma’naviyat bilan bog‘liq gavhari xira tortayotgani bor gapku-ya!.. So‘nggi mulohaza: quyida kitobxon e’tiboriga havola qilgan so‘z va iboralarimizning aksariyati klassik adabiyotimizda, xalq og‘zaki ijodi, zamonaviy asarlarda ham keng ko‘lamda qo‘llanilgani holda o‘zbek tilining izohli lug‘atlariga kiritilmay, izohlanmay qolib ketgan. Keling, bizdan tobora uzoqlashayotgan so‘zlarimiz, qadriyatlarimizdan ayrimlarini yodimizda tiklashga harakat qilaylik! Mullif  

10 ноября 2017
113
Jontemir . Yangi  she'rlar
Jontemir . Yangi she'rlarХудожественная литератураПоэзия

Jontemir bir she’rida yozganidek «bardoshdan ulkan, tasavvurdan keng, go‘dak kulgusidek jarangdor, g‘arq pishgan uzumdek bir shingil, Pikasso suratidek rangdor, tamaki dudidek yengil,qayg‘udan ming karra qayg‘uli, tutqun er bo‘g‘zidagi erk; dahshatga soluvchi ohuni, och arslonning bo‘kirig‘idek so‘z izlayotgan“ shoir. Yosh do‘stimga o‘sha ”eng og‘riqli, eng pokiza, eng… » So‘zni topish quvonchu og‘rig‘ini tilayman… Xurshid DAVRON O'zbekiston xalq shoiri 

10 ноября 2017
180
Anvar Obidjon. Gulmat Shoshiyning yovvoyi devoni
Anvar Obidjon. Gulmat Shoshiyning yov...Художественная литератураПоэзия

Muborak 70 yoshini qarshilagan O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon qalamiga mansub bo‘lgan, yaqinda «Sharq» nashriyoti chiqargan «Gulmat Shoshiyning yovvoyi devoni» nomli asarning to‘ldirilgan 5 nashriga kitob do‘konida ko‘zi tushganlar beixtiyor «E, bormisan, Gulmat!» deb yuborishi aniq. Anvar Obidjon 1947 yil 8 yanvarda Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidagi Poloson qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq shoiri (1998). ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan (1979). Qissa va hikoyalari — «Usta Gulmat g‘azallari» (1974), «Eng yorug‘ kun» (1983), «Akang karag‘ay Gulmat» (1987) va boshqa. «Masxaraboz bola» (1986), «Juda qiziq voqea» (1987), «Yerliklar» (1990), «Alamazon va Gulmat xangomasi» (1992), «Ajoyibxona» (1993, she’riy taqvim), «Tanlangan she’rlar» (2006), «O‘g‘irlangan pahlavon» (2006), «Bahromning hikoyasi» (2007) kabi doston, qissalar, she’rlar, pyesalar va hajviy asarlardan iborat to‘plamlar muallifi. «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan (1997). 

06 ноября 2017
619