close

Вход

Забыли?

вход по аккаунту

?

пользователь

kh.davron

-----01-20

121 документ

имя документа / категорияописаниезагруженпросмотров
Abdulhamid Ismoil. Qoshi yosinmu deyin (Sharq yulduzi.1995.1-2)
Abdulhamid Ismoil. Qoshi yosinmu deyi...Художественная литератураПоэзия

Alisher Navoiy (1441, 9 fevral-1501, 3 yanvar) ulugʻ oʻzbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi boʻlgan.[1][2][3] G‘arbda chigʻatoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda „nizomi millati va d-din“ (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulugʻlanadi. 

01 июля 2016
51
Abdulla Avloniy. Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi Islom
Abdulla Avloniy. Muxtasar tarixi anbi...Гуманитарная литератураРелигия. Эзотерика

Mashhur o‘zbek ma’rifatparvari, shoiri va jamoat arbobi Abdulla Avloniy 1878 yil 12 iyulda Toshkentda hunarmand oilasida tug‘ilgan. Eski maktabda savod chiqardi, madrasada tahsil oldi. Oiladagi moddiy qiyinchiliklar tufayli bolaligidan odamlar eshigida mehnat qildi, g‘isht quyish, suvoqchilik, pechkachilik, duradgorlik, binokorlik kabi kasblar bilan shug‘ullandi, «Imoratchi usta» degan nom oladi. Abdulla Avloniy she’rlari 15 yoshidan boshlab matbuotda ko‘rina boshladi. Jadidchilik harakati rahbarlaridan biri bo‘lgan Avloniy 1904 yilda Toshkentning Mirobod mahallasida jadid maktabini, 1909 yilda «Jamiyati xayriya» uyushmasini tashkil etadi. 1905-1917 yillarda matbuotdagi qizg‘in faoliyati, ko‘plab publitsistik maqolalari bilan «bir yoqdan milliy islohot uchun mafkura hozirlag‘on, ikkinchi yoqdan el orasiga o‘zgarish tuxmini sochg‘on» ham( Abdulla Avloniy bo‘ldi. Avloniy o‘zi nashr etgan «Shuhrat» (1907) nomli gazetasi faoliyatini shunday baholagan edi. U Turkistonda birinchilardan bo‘lib maktabga geografiya, kimyo, xandasa, fizika fanlari kiritilishiga ta’sir ko‘rsatdi, ta’limni real turmush bilan bog‘lashga intildi, bir dars bilan boshqasi o‘rtasida muayyan tanaffusni, bir sinfdan ikkinchisiga o‘tishdagi imtihonni joriy etdi, ta’lim tizimining dunyoviy yo‘nalishini kuchaytirshiga alohida e’tibor berdi. Uning «Birinchi muallim» («Muallimi avval», 1909), «Ikkinchi muallim» («Muallimi soniy», 1912) nomli darsliklari, «Turkiy guliston yoxud axloq» (1913), «Gulistoni maktab» (1917), «Adabiyot yoxud milliy she’rlar» (1909-1916, 6 qism) kabi qo‘llanmalari maktablarda o‘qitilgan. Avloniy «Turon» (1917) gazetasiga «Yashasin xalq jumhuriyati» degan shiorni tanladi, «Turon» nomli teatr to‘garagini tashkil etib, iqtidorli yoshlarni to‘pladi, ayrim rollarni ijro etishda o‘zi ham qatnashdi. Shoir Afg‘onistonda elchi bo‘ldi, turli o‘quv yurtida dars berdi. Abdulla Avloniyning Hijron, Nobil, Indamas, Shuhrat, Surayyo, Shapaloq, Chol, Ab, Chegiboy degan taxalluslari bo‘lgai. U 1934 yil 24 avgustda Toshkentda vafot etdi. Avloniy ijodi bo‘yicha Begali Qosimov ilmiy izlanishlar olib borgan. Asarlari: «Advokatlik osonmi» (1914, qahramonlari: Davronbek, Xudoyberdi, uyini garovga qo‘yib, qarz hisobiga uylangan Egamberdi va boshqalar), «Pinak» (1916), «Biz va siz» (1917), «Portugaliya inqilobi», «Ikki muhabbat», «Bo‘ron» kabi pesalari, «Tulki ila qarg‘a» masali, «Mardikorlar ashulasi», «Vatan» (1916), «Maktab», «Bog‘cha», «Yalqov shogird tilidan», «Tog‘lardan bir manzara», «Millatga xitob», «Ishchilara tortuq», «Ko‘klam keldi», «Tovush» kabi she’rlari, «Maqsad va maslak» (1908 yil 9 aprel), «Holimizga doir» (1908 yil 14 fevral) kabi maqolalari, «Hasad balosi» majoziy hikoyasi va boshq. 

30 июня 2016
57
Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud Axloq
Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxu...Гуманитарная литератураПедагогика

939
Abdulla Gulshaniy haqida va she'rlari
Abdulla Gulshaniy haqida va she'rlariХудожественная литератураПоэзия

Abdulla Gulshaniy o‘z davrida viloyatimizning ko‘zga ko‘ringan ma’rifatparvar siymolaridan bo‘lib, u g‘azalnavis shoir, aruz va muammo ilmi sohibi, nozikta’b adabiyotshunos, targ‘ibotchi, islom ilmi bilimdoni edi. Abdulla Rahmon Gulshaniy 1898-yilning Navro‘z oyida Shahrisabzning Zingaron mahallasida kosib oilasida tavallud topgan. 

15 августа 2017
28
Abdulla Qahhor zamondoshlari xotirasida
Abdulla Qahhor zamondoshlari xotirasidaХудожественная литератураДругое

Abdulla qahhor (1907.17.9, Qo‘qon — 1968.25.5, Moskva) — O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1967). Te-mirchi oilasida tug‘ilgan. Bolaligi Qo‘qon va uning atrofidagi qishloqlarda o‘tdi. Oqqo‘rg‘on qishlog‘idagi Mama-jon qorining usuli savtiya maktabida tahsil ko‘rdi. Oilasi Qo‘qonga ko‘chib kelgach "Istiqlol" nomli sho‘ro makta-biga o‘qishga kiradi, undan internat, "Kommuna", "Namuna" maktablarida, so‘ng bilim yurtida tahsil ko‘radi. Bi-lim yurtining "Adib" qo‘lyozma jur.da dastlabki mashqlari bilan qatnashadi. Toshkentdagi "Qizil O‘zbekiston" gaz.si tahririyatining "Ishchi-batrak mak-tublari" varaqasiga muharrirlik qildi (1925). U gaz.da ishlash jarayonida O‘rta Osiyo davlat universitetining ishchilar fakultetini tamomlaydi (1928). A. Q. yana Qo‘qonga borib, dastlab o‘qituvchilarni qayta tay-yorlash kursida muallimlik qiladi; ko‘p o‘tmay "Yangi Farg‘ona" viloyat gaz.siga kotib va "Chig‘iriq" hajviy bo‘limiga mudir etib tayinlanadi (1929). A.Q.ning "Oy kuyganda" ilk hajviy she’ri "Mush-tum" jur.da Norin shilpiq taxallusi ostida bosildi (1924). So‘ng uning bir qancha hajviy she’r va hikoyalari "Mush-tum", "Yangi yo‘l" jur.lari va "Qizil O‘zbekiston" gaz.sida Mavlon kufur, Gulyor, Nish, Erkaboy, E-voy kabi ta-xalluslar ostida e’lon qilindi. A. Q. 30-yillarda yana Toshkentga qaytadi va O‘rta Osiyo davlat universitetining pedagogika fakultetiga o‘qishga kiradi (1930), ayni payt-da "Sovet adabiyoti" jur.da mas’ul ko-tib vazifasini bajaradi. O‘zdavnashrda muharrir va tarjimon (1935 — 53). 1954 — 56 yillarda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining raisi. A. Q. umrining oxirlarida davolanish uchun Moskvaga boradi va o‘sha yerda vafot eta-di. Toshkentdagi Chig‘atoy qabristonida dafn etiladi.A. Q. ijodi she’riyat bilan boshlangan esada, uning adabiy merosi negizini nasriy asarlar tashkil etadi. "Bosh-siz odam" (1929) hikoyasi chop etilgan vaqtdan boshlab umrining oxiriga-cha hikoya, ocherk, publitsistika, qissa va roman janrlarida samarali ijod qildi. A.Q. ning dastlabki ijodidagi "Qishloq hukm ostida" qissasi (1932) sho‘ro mafkurasi asosida yozilgan. Uning "Boshsiz odam" hikoyasi bilan boshlangan hikoyanavislik faoliyatida esa tarixiy o‘tmish aks ettirilgan. "Ko‘shchinor chi-roklari" (1951) romanida (dastlabki varianti "Qo‘shchinor", 1946) jamoalash-tirish davrining voqealari badiiy tas-virlangan.A.Q.ning 30-yillar ijodida uning birinchi romani — "Sarob" muhim o‘rinni egallaydi. Yozuvchining ushbu romani bosh qahramon Saidiyning fa-oliyatini ko‘rsatishga qaratilgan, yana unda 20-yillarning 2-yarmidagi o‘zbek xalqi hayotining maishiy, etnog-rafik, iqtisodiy va ma’naviy manzaralari yaqqol aks etib turadi. "Sarob" keng mavzuli roman bo‘lgani uchun yozuvchi o‘zining badiiy niyatini yalang‘och holda ko‘rsatmay, uni shu davr hayotining boshqa manzaralari ko‘rinishida reallashti-rishga uringan. Voqealar tasvirida yozuvchi hayot haqiqatini saqlab qolgan.A. Q. ijodiy hayoti davomida 40 dan ziyod asar e’lon qilgan. Bu kitoblar orasida 30 ga yaqin hikoyalar ham bo‘lib, ular o‘zbek adabiyotida hikoya janrining badiiy ufqlarini kengaytirgani bilan ahamiyatlidir.A. Q.ning nasriy asarlari orasida "Qo‘shchinor chiroqlari" romani hamda "Sinchalak" (1958), "O‘tmishdan er-taklar" (1965) va "Muhabbat" (1968) qissalari muhim o‘rin tutadi.A. Q.ning iste’dodi uchun komediya janri ham yaqin edi. Buni sezgan yozuvchi 50-yillar arafasida dramaturgiya sohasida ham qalam tebratib, shu davrning muhim mavzularidan biri — qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish mavzuida "Shohi so‘zana" ("Yangi yer", 1949 — 53) komediyasini 7yaratdi. Shuni aytish lozimki, bu kome-diyada qo‘riq yerlarning — Mirzacho‘lning o‘zlashtirilishidan ko‘ra ba’zi kishilar ongidagi sho‘rning bartaraf etilishi mavzui birinchi o‘ringa olib chiqilgan. Urushdan keyingi o‘zbek adabiyotidagi asosiy konflikt — yangilik bilan eskilik o‘rtasidagi ziddiyat bu komediyada o‘zining teran badiiy tasvirini topgan. Bu asar-da A. Q. ustalik bilan kulgili holatlar yaratgan va hajviy bo‘yoqlardan mo-hirona foydalangan holda konfliktni o‘ziga xos ravishda hal qilgan. Ushbu komediya xorijiy mamlakatlar sahnasida ham o‘ynalib, o‘zbek teatr san’atining kamol topib borayotganini namoyish etdi. Bun-dan ilhomlangan yozuvchi "Og‘riq tishlar" (1954), "Tobutdan tovush" (1962) hamda "Ayajonlarim" (1967) komediyalarini yaratdi. Bu asarlarda, xususan "Tobutdan tovush"da o‘sha davr uchun xos bo‘lgan il-latlar hajv o‘ti ostiga olindi. Ayniqsa so‘nggi asarda A. Q. o‘ziga xos noziq tuyg‘u bilan jamiyatdan poraxo‘rlikdek dahshatli illatni tag-tomiri bilan yo‘qotish istagi-da uning ayrim ko‘rinishlarini sahnaga olib chiqdi, u "So‘nggi nusxalar" nomi bilan ham sahna yuzini ko‘rdi.A. Q. yozuvchi sifatida o‘zbek tilini noziq his etuvchi va uning boy imkoni-yatlaridan mahorat bilan foydalanuvchi qalamkash edi. U o‘zining nasriy asar-larida ham, komediyalarida ham tildan foydalanish va ona tilining cheksiz im-koniyatlarini namoyish etishning ajoy-ib namunalarini berdi va o‘z ijodi bilan o‘zbek adabiy tilining kamol topishiga ulkan hissa qo‘shdi.A. Q. hayotining so‘nggi kunlarida sho‘ro jamiyatida shaxsga sig‘inishning avj olishi orqasida yuz bergan fojia-larni tasvirlovchi "Zilzila" qissasi ustida ish olib bordi. Lekin uni tuga-ta olmadi. A. Q. tarjimon sifatida ham mashhur. U Pushkin, L. Tolstoy, Gogol, Chexov asarlarini o‘zbek tiliga tarji-ma qilgan. Ayni paytda A. Q. asarlari rus, ukrain, belorus, qozoq, qirg‘iz, to-jik, qoraqalpoq kabi tillarga tarjima qilingan. Uning ayrim hikoyalari esa ingliz, nemis, fransuz, chex, polyak, bol-gar, rumin, arab, hind, Vetnam tillari-da chop etilgan.A. Q. Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti (1966) laureati. "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofot-langan (2000). Uning nomi Toshkent va Qo‘qondagi bir necha ko‘cha, maktab va ja-moa xo‘jaliklariga, shuningdek madani-yat uylari va respublika Satira teatri-ga berilgan. Toshkentda A.Q. uy-muzeyi ochilgan (1987).As: Asarlar, 5 jildli, 1 — 5-jild-lar, T., 1987 — 89; Zilzila,— "Sharq yul-duzi", 1996, 11 - 12-son.Ad:. Qahhorova K., Chorak asr hamnafas, T., 1987; Sharafiddinov O., Abdulla Qahhor, T., 1988; Qo‘shjonov M., Abdulla Qahhor mahorati, T., 1988. A. Qahhor oʻrinli soʻz qoʻllash mahoratini puxta egallagan adibdir. Ijodida voqelikni realistik talqin etish ustuvorlik qiladi. Adib serqirra ijodkor sifatida adabiyotning deyarli barcha tur va janrlarida qalam tebratgan. «Olam yasharadi» nomli birinchi hikoyalar toʻplami 1932 yilda bosilgan. 

12 сентября 2017
86
Abdulla Qahhor. O‘tmishdan ertaklar
Abdulla Qahhor. O‘tmishdan ertaklarХудожественная литератураДетская и Юношеская

O‘zbek adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan Abdulla Qahhor 1907 yil 17 sentyabrda Qo‘qon shahrida temirchi oilasida dunyoga keldi. O‘rta ma’lumotni Qo‘qonda olgan Abdulla 1925 yili Toshkentga kelib, «Qizil O‘zbekiston» gazetasida ishlaydi. U O‘rta Osiyo Davlat do-rilfununining pedagogika fakultetida (1930) tahsil oldi. Yozuvchi «Sovet adabiyoti» jurnalida mas’ul kotib, O‘zbekiston Davlat nashriyotida muharrir lavozimlarida ishladi (1954—1956). Abdulla Qahhorning ijodi 1924 yildan boshlangan. Dastlab «Mushtum» jurnalida, «Yangi Farg‘ona» va «Qizil O‘zbekiston» gazetalarida uning hikoya, feleton, xabarlari bosildi. Yozuvchining «Olam yasharadi» nomli birinchi hikoyalar to‘plami 1938 yilda chop qilindi. 30-yillarda adibning «Hikoyalar» to‘plamlari (1935, 1938, 1939) kitobxonlar qo‘liga tegdi. Bu davrda Abdulla Qahhor kichik hikoyalardan tashqari, «Sarob» (1935) romanini yozdi. Urush yillarida yozuvchining bir qancha feleton, ocherk va hikoyalari e’lon qilindi. «Asror bobo», «Dardaqdan chiqqan qahramon», «Kampirlar sim qoqdi», «Xotinlar» hikoyalari va «Oltin yulduz» kabi qissalarida o‘zbek jangchilarining mardligi, xalqimizning mehnatdagi jonbozligi, yuksak vatanparvarligi ifodalangan. Yozuvchining urushdan keyingi yillarda yaratgan «Qo‘shchinor chiroqlari» (1951) romani jamoalashtirish mavzuiga bag‘ishlangan. U o‘zining «Shohi so‘zana» (1951), Og‘riq tishlar» (1954), «Tobutdan tovush» (1962), «Ayajonlarim» (1967) komediyalari bilan o‘zbek dramaturgiyasi rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi. Ayniqsa, «Shohi so‘zana» pesasida dramaturg qo‘riq va bo‘z yerlarni o‘zlashtirish mavzuini zo‘r mahorat bilan yoritdi. Pesa respublikamiz va qator xorijiy mamlakatlar sahnalarida muvaffaqiyatli namoyish qilindi. Yozuvchining «Sinchalak» (1958), «Muhabbat» (1968), «O‘tmishdan ertaklar» (1965) qissalari o‘zbek nasrining taraqqiyotiga muhim hissa bo‘lib qo‘shildi. U «O‘tmishdan ertaklar» qissasi uchun Oybek («Bolalik»), N. Safarov («Ko‘rgan-kechirganlarim») kabi adiblarning avtobiografik qissalari qatorida Hamza nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. O‘zbek kitobxonlari Abdulla Qahhor tarjimasida M. Gorkiyning «Mening dorilfununlarim», I. V. Gogolning «Revizor», L. N. Tolstoyning «Urush va tinchlik» romani (I — II kitoblari) va boshqa bir qator asarlarni o‘z ona tillarida o‘qishga muvaffaq bo‘lganlar. Abdulla Qahhor adabiyot sohasidagi xizmatlari uchun O‘zbekiston xalq yozuvchisi unvoni bilan taqdirlandi (1967). U 1968 yil 25 may kuni Moskvada 61 yoshida vafot etgan. Vafotidan so‘ng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlangan (2000). 

01 ноября 2017
131