close

Вход

Забыли?

вход по аккаунту

?

пользователь

kh.davron

-----01-20

121 документ

имя документа / категорияописаниезагруженпросмотров
Abdulla Qodiriy. O'tkan kunlar (roman). Lotin
Abdulla Qodiriy. O'tkan kunlar (roman...Художественная литератураКлассика

YOZG'UVCHIDAN Modomiki, biz yangi davrga oyoq qo'ydiq, bas biz har bir yo'sunda ham shu yangi davrning yangiliklari ketidan ergashamiz va shunga o'xshash dostonchiliq, ro'monchiliq va hikoyachiliklarda ham yangarishg'a , halqimizni shu zamonning "Tohir-Zuhra"lari, "Chor daveshlari", "Farhod-Shirin" va "Bahromgo'r"lari bilan tanishdirishka o'zimizda majburiyat his etamiz. Yozmoqqa niyatlanganim ushbu- "O'tkan kunlar", yangi zamon ro'monchilig'i bilan tanishish yo'lida kichkina bir tajriba, yana to'grisi bir havasdir. Ma'lumki, har bir ishning ham yangi-ibtidoiy davrida talay kamchiliklar bilan maydong'a chiqishi, ahllarining etishmaklari ila sekin -sekin tuzalib , takomulga yuz tutishi tabi'iy bir holdir. Mana shuning daldasida havasimda jasorat etdim, havaskorlik orqasida kechaturgan qusur va xatolardan cho'cib turmadim. Moziyg'a qaytib ish ko'rish xayrlik, deydilar. Shunga ko'ra mavzu'ni moziydan, yaqin o'tkan kunlardan, tariximizning eng kirlik, qora kunlari bo'lg'an keyingi "xon zamonlari"dan belguladim. Abdulla Qodiriy (Julqunboy)  

21 августа 2016
1 029
Mixail Bulgakov. Usta va Margarita.Roman. Lotin
Mixail Bulgakov. Usta va Margarita.Ro...Художественная литератураКлассика

Mixail Afanasevich Bulgakov (1891.3(15). 5, Kiev - 1940.10.3, Moskva) — rus yozuvchisi. Kiev universitetining tibbiyot fakultetini tamomlagan (1916). Ilk to‘plami «Iblisnoma»da (1925) jamlangan hajviyoti o‘sha davr matbuotida katta shov-shuvga sabab bo‘ladi. «Oq gvardiya» (1925— 27) tugallanmagan romani mavzui asosida «Turbinlar kuni» pesasini yozadi (1926 yilda sahnalashtirilgan). Bu asarlarida «Qochish» (1926-28; 1957 yilda sahnalashtirilgan) pesasidagi kabi eski rus ziyolilari kayfiyatidagi keskin o‘zgarish, «oqlar» harakati g‘oyasi, muhojirlik yo‘lining samarasizligi aks etgan. «Zoykaning uyi» (1926 yilda sahnalashtirilgan), «Baxmal orol» (1928 yilda sahnalashtirilgan) komediyalarida Bulgakov yangi iqtisodiy siyosat tarafdorlarining turmush va axloqini mazax qiladi, biqiq teatr muhitidagi urf-odatlar ustidan kuladi. 20-yillar oxirida rus adabiy tanqidi Bulgakov ijodini salbiy baholaydi, uning asarlari nashr etilmaydi, pesalari teatr sahnalaridan olib tashlanadi. 30-yillar boshlaridan Bulgakov teatrda rejissyor yordamchisi bo‘lib ishlaydi, Gogolning «O‘lik jonlar» (1932) asarini sahnalashtiradi. «Janob de Moler hayoti» biografik povestida (1932—33 yillarda yozilib, 1962 yilda nashr etilgan) Bulgakov haqiqiy san’at bilan mustabid tuzum bir-biriga zidligini tasvirlaydi. 30-yillardan umrining oxirigacha Bulgakov «Usta va Margarita» romani ustida ishlaydi (1966— 67 yillarda nashr etilgan). «Ityurak» asari (1987) asosida kinofilm yaratilgan. «Usta va Margarita» Qodir Mirmuhamedov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan (1987).  

15 мая 2016
1 013
Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud Axloq
Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxu...Гуманитарная литератураПедагогика

Mashhur o‘zbek ma’rifatparvari, shoiri va jamoat arbobi Abdulla Avloniy 1878 yil 12 iyulda Toshkentda hunarmand oilasida tug‘ilgan. Eski maktabda savod chiqardi, madrasada tahsil oldi. Oiladagi moddiy qiyinchiliklar tufayli bolaligidan odamlar eshigida mehnat qildi, g‘isht quyish, suvoqchilik, pechkachilik, duradgorlik, binokorlik kabi kasblar bilan shug‘ullandi, «Imoratchi usta» degan nom oladi. Abdulla Avloniy she’rlari 15 yoshidan boshlab matbuotda ko‘rina boshladi. Jadidchilik harakati rahbarlaridan biri bo‘lgan Avloniy 1904 yilda Toshkentning Mirobod mahallasida jadid maktabini, 1909 yilda «Jamiyati xayriya» uyushmasini tashkil etadi. 1905-1917 yillarda matbuotdagi qizg‘in faoliyati, ko‘plab publitsistik maqolalari bilan «bir yoqdan milliy islohot uchun mafkura hozirlag‘on, ikkinchi yoqdan el orasiga o‘zgarish tuxmini sochg‘on» ham( Abdulla Avloniy bo‘ldi. Avloniy o‘zi nashr etgan «Shuhrat» (1907) nomli gazetasi faoliyatini shunday baholagan edi. U Turkistonda birinchilardan bo‘lib maktabga geografiya, kimyo, xandasa, fizika fanlari kiritilishiga ta’sir ko‘rsatdi, ta’limni real turmush bilan bog‘lashga intildi, bir dars bilan boshqasi o‘rtasida muayyan tanaffusni, bir sinfdan ikkinchisiga o‘tishdagi imtihonni joriy etdi, ta’lim tizimining dunyoviy yo‘nalishini kuchaytirshiga alohida e’tibor berdi. Uning «Birinchi muallim» («Muallimi avval», 1909), «Ikkinchi muallim» («Muallimi soniy», 1912) nomli darsliklari, «Turkiy guliston yoxud axloq» (1913), «Gulistoni maktab» (1917), «Adabiyot yoxud milliy she’rlar» (1909-1916, 6 qism) kabi qo‘llanmalari maktablarda o‘qitilgan. Avloniy «Turon» (1917) gazetasiga «Yashasin xalq jumhuriyati» degan shiorni tanladi, «Turon» nomli teatr to‘garagini tashkil etib, iqtidorli yoshlarni to‘pladi, ayrim rollarni ijro etishda o‘zi ham qatnashdi. Shoir Afg‘onistonda elchi bo‘ldi, turli o‘quv yurtida dars berdi. Abdulla Avloniyning Hijron, Nobil, Indamas, Shuhrat, Surayyo, Shapaloq, Chol, Ab, Chegiboy degan taxalluslari bo‘lgai. U 1934 yil 24 avgustda Toshkentda vafot etdi. Avloniy ijodi bo‘yicha Begali Qosimov ilmiy izlanishlar olib borgan. Asarlari: «Advokatlik osonmi» (1914, qahramonlari: Davronbek, Xudoyberdi, uyini garovga qo‘yib, qarz hisobiga uylangan Egamberdi va boshqalar), «Pinak» (1916), «Biz va siz» (1917), «Portugaliya inqilobi», «Ikki muhabbat», «Bo‘ron» kabi pesalari, «Tulki ila qarg‘a» masali, «Mardikorlar ashulasi», «Vatan» (1916), «Maktab», «Bog‘cha», «Yalqov shogird tilidan», «Tog‘lardan bir manzara», «Millatga xitob», «Ishchilara tortuq», «Ko‘klam keldi», «Tovush» kabi she’rlari, «Maqsad va maslak» (1908 yil 9 aprel), «Holimizga doir» (1908 yil 14 fevral) kabi maqolalari, «Hasad balosi» majoziy hikoyasi va boshq. 

30 июня 2016
977
Shahobiddin Muhammad an-Nasaviy. Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti
Shahobiddin Muhammad an-Nasaviy. Sult...Художественная литератураКлассика

Jaloliddin Manguberdi (arab. جلال الدين منكبرتي— Jalāl al-Dīn Menguberdī, toʻliq oti — Jaloliddin Abulmuzaffar Manguberdi ibn Muhammad) (1198—1231) — Xorazmshohlar davlatining soʻnggi hukmdori (1220-yildan), Alovuddin Muhammad II ning toʻngʻich oʻgʻli. U 33 yil umr koʻradi va uni 11 yili jang ichida oʻtadi. Jaloliddin Manguberdi, Jaloliddin (toʻliq ismi Jaloliddin ibn Alovuddin Muhammad) (1198—1231) — Xorazmshohlar davlatining soʻnggi hukmdori (1220—31), mohir sarkarda. Anushteginiylardan. Xorazmshohlardan Muhammadshoxning katta oʻgʻli. Onasi — Oychechak turkman kanizaklardan boʻlgan. Jaloliddin burnida xoli (mank) boʻlgani uchun Mankburni nomi bilan atalgan. Keyinchalik bu nom talaffuzda oʻzgarib "Manguberdi" nomi bilan mashhur boʻlib ketgan. Jaloliddin Manguberdi voyaga yetgach, otasi uni Gʻazna, Bomiyon, Gʻur, Bust, Takinobod, Zamindovar va Hindiston hududlarigacha boʻlgan yerlarga hokim va taxt vorisi etib tayinlagan (1215). Biroq Turkon xotun va qipchoq amirlarining qatiy noroziligi sababli Qutbiddin Oʻzloqshoh foydasiga vorislikdan mahrum etilgan. Jaloliddin Manguberdi otasining harbiy yurishlarida ishtirok etib, oʻzining jasur jangchi, iqtidorli sarkardalik qobiliyatlarini namoyish etgan (q. Irgʻiz daryosi boʻyidagi ekang). Chingizxon boshchiligidagi moʻgʻul qoʻshinlari Movarounnahrga bostirib kirib birin-ketin shaharlarni egallab, Samarqandga yaqinlashganlarida xorazmshoh Muhammad Kaspiy dengizi boʻyida joylashgan Obeskun shahri yaqinidagi Ashur ada o.dan panohtopgan. Ogʻir bemor boʻlgan Muhammad oʻgʻillarini yoniga chorlab, soʻnggi damda Jaloliddin Manguberdini oʻz oʻrniga xorazmshoh etib tayinlagan. Jaloliddin Manguberdi ukalari Oqshoh va Qutbiddin Oʻzloqshoxlar bilan birga Gurganj mudofaasiga oshiqadi. Lekin Gurganjdagi qipchoq amirlari Turkon xotunning akasi Xumorteginni sulton deb eʼlon qilib, Jaloliddin Manguberdiga qarshi suiqasd uyushtirmoqchi boʻldilar. Bundan xabar topgan Jaloliddin Manguberdi Temur Malik boshchiligidagi 300 suvoriy bilan Gurganjni tark etib Xurosonga yoʻl olgan. Niso shahri yaqinida uni 700 nafar moʻgʻul suvoriysi kutardi. Jaloliddin Manguberdi shiddatli jangdan soʻng ularni tor-mor keltirib, Nishopurga keldi. Bu yerdan u barcha viloyat hokimlariga nomalar joʻnatib, moʻgʻul bosqinchilariga qarshi birlashishga daʼvat etdi, bir oydan soʻng Gʻazni tomon yurdi. Yoʻlda unga Hirot voliysi, qaynotasi Aminalmulk 10 ming kishilik qoʻshin bilan kelib qoʻshildi. Qandahorni qamal qilib turgan moʻgʻul qoʻshinlari bilan 3 kunlik jangda Jaloliddin Manguberdi ularni tormor keltirgan. U Gʻazniga 1221 yil keldi. Bu yerda unga xalaj qabilasi boshligʻi Sayfuddin Igʻroq, Balx voliysi Aʼzam malik, afgʻonlar sardori Muzaffar malik, qarluklar boshligʻi Hasan Qarluq kelib qoʻshildilar. Ularning har biri ixtiyorida 30 minglik qoʻshin bor edi. Jaloliddin Manguberdining oʻzidagi kuchlar esa 60 ming suvoriy edi. Jaloliddin Manguberdi Valiyon qalʼasini qamal qilayotgan Takajuk va Malgʻur boshchiligidagi moʻgʻul qoʻshiniga hujum qilib, 3 kunlik jangdan soʻng ularni tor-mor keltirgan, 1000 dan ortiq moʻgʻul askari oʻldirilgan, omon qolgan qismi Panjshir daryosidan oʻtib, koʻprikni buzib tashlashgan. Bu Jaloliddin Manguberdining moʻgʻullar ustidan qozongan dastlabki yirik gʻalabasi edi. Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi Shiki Xutuxu noʻyonni 45 minglik qoʻshin bilan joʻnatadi. Gʻazni yaqinidagi Parvon jangit Jaloliddin Manguberdi moʻgʻullar ustidan ajoyib gʻalabani qoʻlga kiritadi. Biroq jangdan soʻng Jaloliddin Manguberdining lashkarboshilari oʻlja ustida oʻzaro janjallashib qolib, oqibatda Sayfuddin Igʻroq, Aʼzam malik va Muzaffar maliklar Jaloliddin Manguberdini tark etganlar. Jaloliddin Manguberdining yonida faqat Aminalmulk oʻz lashkari bilan qolgan, xolos. Chingizxon katta qoʻshin toʻplab Jaloliddin Manguberdiga qarshi shaxsan oʻzi otlangan. Fapdiz qalʼasi yaqinida Jaloliddin Manguberdi Chingizxon qoʻshinining ilgʻorini tor-mor keltiradi va kuchi ozligi sababli Sind (Hind) daryosi tomon chekinadi. Chingizxon qoʻshini J.M.ni daryodan utishiga imkon bermay qurshab oladi. 1221 yil 25 noyabrda boʻlgan tengsiz jangda (q. Sind daryosi boʻyidagi jang) magʻlubiyatga uchragan Jaloliddin Manguberdi 4000 jangchisi bilan Sindning oʻng sohiliga suzib oʻtib, choʻl ichkarisiga kirib ketdi (Bu choʻl hozirda ham Choʻli Jaloliy deb ataladi). Chingizxon Jaloliddin Manguberdining bu jasoratidan hayratda qolib, oʻz oʻgʻillariga qarab: "Ota oʻgʻil mana shunday boʻlishi lozim!", degan. Oradan bir necha kun oʻtgach, Jaloliddin Manguberdi qoʻshini soni 7 mingga yetdi. Unga Kulbars bahodir, Kabkuh va Saʼdiddin Ali ash-Sharabdor kabi lashkarboshilar oʻz kishilari bilan kelib qoʻshildi. Jaloliddin Manguberdi Shim. Hindistonning notanish choʻlida och, juldur kiyimli jangchilari bilan sargardonlikda qoldi. Uning bu holidan foydalanmoqchi boʻlgan Shatra viloyati rana (shoh) si Jaloliddin Manguberdiga xujum qilgan. Jaloliddin Manguberdining merganlik bilan otgan kamon oʻqidan rana halok boʻladi, qoʻshini esa parokanda boʻlib qochadi. Jaloliddin Manguberdi katta oʻljani qoʻlga kiritadi. Bu gʻalabadan soʻng Sind, Uchcha, Moʻlton, Lohur va Peshavor hokimi Nosiriddin Qubacha (1205—27)ning Nandana va Sakundagi noibi Qamariddin Karmoniy Jaloliddin Manguberdiga oʻzini xayrixohligini izhor etib, sovgʻa-salomlar joʻnatgan. Gʻiyosiddin Pirshoh ajralib ketgan amirlardan Sanjoqonxon, Elchi pahlavon, Oʻrxon, Soyircha, Tekjoruq Xonkishilar oʻz lashkarlari bilan kelib Jaloliddin Manguberdiga qoʻshildilar. Jaloliddin Manguberdi Kalor shahri, Parosravar, Tarnuj qalʼalarini qoʻlga kiritdi. Mulklarining katta qismidan ajralgan Qubacha 10 ming otliq qoʻshini hamda mamluklar sulolasidan boʻlgan Dehli sultoni Shamsuddin Eltutmishsan olgan qoʻshimcha kuch bilan Jaloliddin Manguberdiga qarshi jang qilgan, biroq magʻlubiyatga uchragan, uning xazinasi, qurol-yarogʻlari oʻlja tushgan. 1222 yil Chingizxon Jaloliddin Manguberdi izidan Toʻrbay Toʻqshin va Bola noʻyonni 20 minglik qoʻshin bilan joʻnatadi. Lekin ular Moʻltonga qadar borib, shaharni ololmay, jazirama issiqqa dosh berolmay qaytishadi. Jaloliddin Manguberdi oʻziga qarshi moʻgʻul qoʻshinlari joʻnatilgani xabarini Parosravar qalʼasini olgandan soʻng eshitgan. Jaloliddin Manguberdi Moʻlton tomon yoʻl olib Qubacha mulklaridan Uchcha, Sadusan, Xatisor, Deval va Damrillarni qamal qiladi, qoʻshini uchun tuyalar zarurligi tufayli Gujarot viloyati markazi Nahrvalga Xosxon boshchiligida qoʻshin joʻnatadi. Shamsuddin Eltutmish Jaloliddin Manguberdi ustiga katta qoʻshin (30 ming otliq, 100 ming piyoda, 300 ta fil) tortadi. Jaloliddin Manguberdi mardonavorlik bilan raqibiga qarshi chiqadi. Jaloliddin Manguberdining Oʻzbek Toy Jahon Paxlavon qoʻmondonligi ostidagi ilgori Eltutmish ilgʻori bilan toʻqnashib raqibidan ustun keladi. Eltutmish Jaloliddin Manguberdi huzuriga elchisini yuborib sulh soʻraydi. Jaloliddin Manguberdi Hindistonda oʻz nomidan kumush va mis tangalar zarb qiladi, unga tobe hind mulklarida uning nomi xutbaga qoʻshib oʻqilgan. Biroq vaziyat borgan sari murakkablashib bormodqa edi. Eltutmish, Qubacha, shuningdek, Hindistonning boshqa viloyat hokimlari oʻzaro til biriktirib J.M.ga qarshi ittifoq tuzmoqchi ekanliklari ayon boʻlib qoldi. Jaloliddin Manguberdining ikki lashkarboshisi Yazidak paxlavon va Sunqurjiq Toysilar xiyonat qilib Eltutmish tomoniga oʻtganlar. Qiyin vaziyatdan qutulish uchun Jaloliddin Manguberdi harbiy kengash chaqirgan. Amirlarning koʻpchiligi Iroq tomon yurish qilib, uni Gʻiyosiddin Pirshoxdan tortib olishni taklif qiladi. Iroqda siyosiy parokandalik hukm surardi. Iroq tomon ketishga qaror qilindi. Jaloliddin Manguberdi oʻzining Hindistonda zabt etgan mulklariga Oʻzbek Toy Jahon Paxlavonni, Gʻur va Gʻazni viloyatlariga Hasan Qarluqni noib sifatida qoldirib, Iroqqa yoʻl olgan. Choʻlu biyobonlarni kesib oʻtishda Jaloliddin Manguberdining koʻp jangchilari nobud boʻlgan, nihoyat u 4 ming jangchisi bilan Kirmonga yetib kelgan. Gʻiyosiddin Pirshoxning Kirmondagi noibi Baroq hojib Jaloliddin Manguberdiga tobelik izhor qiladi. Shundan soʻng Jaloliddin Manguberdi Fors viloyati markazi Sherozga kelgan. Fors xrkimi otabek Saʼd ibn Zangiy va Yazd xokimi otabek Al-uddavla ibn Toʻgʻonshoh unga tobelik bildirishadi. Jaloliddin Manguberdi Isfaxonga kelganda aholi uni katta tantana bilan kutib oladi, qoʻshini qurol-aslaqa bilan taʼminlanadi. Bu hol Gʻiyosiddin Pirshohga yoqmaydi, u akasiga qarshi 30 ming otliq qoʻshin bilan yoʻlga chiqadi. Biroq Jaloliddin Manguberdi unga sovgʻasalomlar bilan miroxur Odekni elchi sifatida joʻnatgan va oʻzaro nizoni tinchlik bilan hal etgan. Qoʻshin boshliqlari Jaloliddin Manguberdi tomoniga oʻtgan. 1225 yil Jaloliddin Manguberdi Ozarbayjonga yurish qiladi. Soʻng Bagʻdodga qarshi yurishga hozirlik koʻradi. Xalifa Nosirga elchi joʻnatib, moʻgʻullarga qarshi birlashishga chaqirdi. Bunga javoban Xalifa Jaloliddin Manguberdiga qarshi oʻzining mamluki amir Jamoliddin Qushtemur boshliq 20 minglik qoʻshin joʻnatdi. Basra yaqinidagi jangda Xalifa qoʻshinlari tor-mor keltirildi. Xalifa Bagʻdod mudofaasi bilan mashgʻul boʻladi. Jaloliddin Manguberdi Bagʻdod atrofida 12 kun turgach, Ozarbayjon tomon ketadi. Ozarbayjon va Arron otabegi Oʻzbek ichkilik, maishatga berilib davlat ishlarini oʻz holiga tashlab qoʻygan edi, davlatni amalda uning xotini Malika xotun boshqarardi. 1225 yil mayda Jaloliddin Manguberdi Marogʻa shahrini jangsiz qoʻlga kiritadi. Damashq, Er-bil hokimlari u bilan ittifoq tuzishga rozi boʻladilar. Otabek Oʻzbek Tabrizni tashlab Ganjaga, soʻng Alinjo qalʼasiga qochib oʻsha yerda vafot etadi. Jaloliddin Manguberdi Malika xotunga uylanadi. Tabrizda bir necha kun turgandan soʻng oʻz qoʻshinini Gruziya tomon boshlaydi. 1225 yil avg .da Garni qalʼasi yaqinida gurjilarning Ivane Mhargodzeli boshliq 60 minglik qoʻshinini tor-mor keltiradi va Tiflisga qarab yuradi. Gruziya malikasi Rusudana Kutaisiga koʻchib oʻtgan. Jaloliddin Manguberdi Dvin, Lori shaharlarini egallaydi, Surmari shahri xokimlari oʻz tobeliklarini bildirishgan. 1227 yil sentabrda Isfahondan 30 chaqirim sharqdagi Sin qishlogʻi yaqinida Jaloliddin Manguberdi moʻgʻullarning Taynol noʻyon boshliq qoʻshinini yenggan. Taynol noʻyon Jaloliddin Manguberdi haqida: "Zamonasining haqiqiy bahodiri ekan, oʻz tengqurlarining capvari ekan", degan. Jaloliddin Manguberdining Koʻniya sultoni Alouddin Kayqubod, Jazira hokimi al-Malik al-Ashraf Muzaf fariddin Muso, Damashq hokimi al-Malik al-Muazzam Sharafiddin Iso va Misr hokimi al-Malik al-Komil Muhammadga nomalar yozib, ularni moʻgʻullarga qarshi kurashish yoʻlida birlashtirish yoʻlidagi xatti-harakatlari behuda ketdi. Ustiga ustak Alouddin Kayqubod muxolif kuchlarni Jaloliddin Manguberdiga qarshi birlashtirishga muvaffaq boʻldi. 1230 yil 10 avg .da Arzinjon yaqinidagi jangda Jaloliddin Manguberdi kuchlari magʻlubiyatga uchradi. Jaloliddin Manguberdining kuchsizlanganidan foydalangan moʻgʻullar katta qoʻshin bilan Ozarbayjonga bostirib kirib Marogʻa, Tabrizni egallab (1231 yil) Jaloliddin Manguberdini taʼqib etishgan. Mayofariqin viloyatidagi qishloqlardan birida moʻgʻullar tungi hujum natijasida Jaloliddin Manguberdining oz sonli qoʻshinini tor-mor keltiradilar, Jaloliddin Manguberdini oʻzi esa taʼqibdan qutulib Kurdiston togʻlariga chiqib ketgan. Bu yerda qaroqchi kurdlar qoʻliga asir tushib, fojiali ravishda halok boʻlgan. Jaloliddin Manguberdi haqida uning shaxsiy kotibi, tarixchi Nasaviy shunday yozadi: "Jaloliddin qorachadan kelgan, oʻrta boʻyli, turk lafzli odam edi. Fors tilini ham yaxshi bilardi. Uning botirligiga kelganda shuni aytish kerakki, sulton arslonlar orasidagi eng kuchli sher edi. Bir soʻzli, kek saqlamaydigan, ochiq koʻngil, toʻgʻri odam edi. U jiddiy shaxe edi. Hech qachon kulmasdi. Juda nari borsa, jilmayib qoʻyardi. U adolatsizliklarni yomon koʻrardi. Jaloliddin oʻta qatʼiyatli, nihoyatda irodali, murakkab vaziyatlarda, taqdirning qaltis sinovlarida oʻzini yoʻqotib qoʻymaydigan favqulodda mard va botir sarkarda edi". Oʻzbekiston hukumati Jaloliddin Manguberdining moʻgʻul bosqinchilariga qarshi kurashda koʻrsatgan miyelsiz jasorati, vatanga va oʻz xalqiga sadoqat va cheksiz muhabbatini qadrlash va uning porloq ruhini abadiylashtirish maqsadida "Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash haqida" qaror qabul qiddi (1998 yil). Qarorga koʻra, uning yurti Xorazmda Jaloliddin Manguberdiga haykal oʻrnatildi, yirik koʻcha, maydon, jamoa korxonalari va boshqalarga uning nomi qoʻyildi. Jaloliddin Manguberdi haqida videofilm, doston, pyesa va boshqa yaratilgan. "Jaloliddin Manguberdi" ordeni taʼsis etilgan (2000 yil 30 avg .). Jaloliddin Xorazmshohlar davlatining taxtiga otasi Muhammad IIning oʻlimidan soʻng oʻtiradi. Otasi Chingizxon tomonidan 1220-yilda magʻlubiyatga uchraganidan soʻng, Xorazmning moʻgʻullar bosqiniga qarshi kurashiga boshchilik qiladi. Xurosonda u oʻn ming atrofida askar toʻplaydi va Parvon yonida moʻgʻullarni magʻlub etadi. Lekin 1221-yilda Hind daryosi yonida boʻlib oʻtgan jangda Chingizxon Jaloliddinni magʻlub etadi. Shu bilan birga, uning oilasi qatl etiladi. U esa oʻzining omon qolgan toʻrt mingta askari bilan Hind daryosining narigi qirgʻogʻiga oʻtishga erishadi va Hindistonga qochadi. Jaloliddin Hindistonda uch yil oʻtkazadi, keyin esa Kavkazga oʻtib oladi. 1224-yilda Eronga va Mesopatamiyaga yurish qiladi. Iroq, Fors, Gurjiston,Ozarbayjon va Armanistonni qoʻlga kiritadi. 1125-yilda Jaloliddin qoʻshinlari Ozarbayjonni, Gurjistonni va Armanistonni qoʻlga kiritishadi. 1226-yilda gurjilarning poytaxti Tbilisini qoʻlga oladi. Keyingi yili (1227) Jaloliddin Ray atrofida moʻgʻullarni magʻlub etadi, keyin esa, Isfahon yonida ham ular ustidan ulkan gʻalabani qoʻlga kiritadi. Bu paytga kelib u ikki frontda jang olib borayotgan edi: Gʻarbiy Eronda — moʻgʻullarga qarshi, Kavkazortida — gurji va armanlarga qarshi. 1228-yilda xorazmshohga qarshi birgalikda Rum sultoni Alovuddin Kaykubod, Misr sultoni Malik Al-Komil va Kilikiya-arman qiroli Xetum I urush eʼlon qilishadi. Yerevan yaqinida Jaloliddin qoʻshini magʻlub boʻlishadi. 1230-yilda Jaloliddin Iroq qal’asi Xilotni qoʻlga kiritadi, lekin tezda Qayqubod va Malik Al-Komil tomonidan magʻlubiyatga uchratiladi. Toʻliq magʻlubiyatni O'qtoyxon tomonidan yuborilgan sarkarda Charmag'on oxiriga yetkazadi. Jangda ogʻir yaralangan Jaloliddin Kurdiston togʻlarida yashirinadi, 1231-yilda esa kurdlar tomonidan oʻldiriladi. Hozirgi kunga kelib, Jaloliddin, oʻzbek va turkman xalqlarining milliy qahramoniga aylangan. Unga atab bir necha doston va asarlar yaratilgan. 

08 августа 2016
832
Uilyam Shekspir. Qirol Lir.Tragediya
Uilyam Shekspir. Qirol Lir.TragediyaХудожественная литератураКлассика

Uilyam Shekspir — ingliz dramaturgi va Uyg‘onish davrining shoiri, qirol truppasi aktyori. “Venera va Adonis” (1593, mifologik syujet), “Lukresiya” (1594, Rim tarixi) kabi jami 4 ta doston, 154 ta sonet va 37 ta pyesani o‘z ichiga olgan “Shekspir kanoni” muallifi. Shekspir teatr san’ati rivojiga ulkan ta’sir ko‘rsatgan. Uning tragediyalari jahon adabiyoti durdonalari safidan o‘rin olgan. Shekspir asarlari bugungi kunda ham dunyo sahnasidan tushmay kelayotir. Shuncha samarali mehnati va shon-shuhratiga qaramay, Uilyam Shekspir hech qanday mukofot olmagan, diplom bilan ham taqdirlanmagan... 

02 января 2017
787
Fedor Dostoevskiy. Jinoyat va jazo (roman)
Fedor Dostoevskiy. Jinoyat va jazo (r...Художественная литератураКлассика

Dostoevskiy Fyodor Mixaylovich [1821.30.10(11.11), Moskva —1881.28.1 (9.2), Sankt-Peterburg] — rus yozuvchisining «Jinoyat va jazo» (1866), «Telba» (1868) romanlarida rus xalqining ma’naviy muammolari badiiy bo’yoqlarda yaqqol aks ettirilgan. «Jinlar» (1871—72), «O’smir» (1875) romanlarida esa rus «oqsuyaklari» tabaqasi, amaldorlari orasida ma’naviy qashshoqlik, amalparastlik, ochko’zlik va xudbinlik kabi illatlar chuqur ildiz otgani ko’rsatilgan, ichki-milliy muammolarni boshqa bir xalq hisobiga hal etib bo’lmasligi e’tirof etilgan. «Og’a-ini Karamazovlar» (1879—80) romanida jamiyat va shaxs o’rtasidagi chuqur ziddiyat, ruhiy inqiroz va fojia o’z ifodasini topgan. Dostoevskiy ijodi, garchi ziddiyatli bo’lsa-da, rus va jahon adabiyotiga katta ta’sir ko’rsatgan. Dostoevskiy 19-asrdagi realistik roman janrini yangi o’ziga xos tomonlar bilan boyitdi. Adib to’laqonli badiiy obrazlarda nafaqat voqealar oqimini, insonlar taqdirini, qalb kurashini, balki jamiyat ma’naviy hayotidagi fojiaviy konfliktlarni ham bera oldi. O’zining intellektual romanlarida fikrlarning keskin kurashini, g’oya va dunyoqarashning fojiaviy to’qnashuvini mahorat bilan tasvirladi. Dostoevskiy romanlari vazmin tasvir uslubi emas, aksincha, sof dramatik janrlarga xos keskinligi va liro-publitsistik pafosi bilan ajraladi. Dostoevskiyning «Jinoyat va jazo», «Telba» va boshqa asarlari Ibrohim G’afurov tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilingan. 

21 августа 2016
785